Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda $793 minglik noqonuniy kriptoaktivlar savdosini amalga oshirgan shaxslar ushlandi

Toshkentda $793 minglik noqonuniy kriptoaktivlar savdosini amalga oshirgan shaxslar ushlandi

Tezkor qidiruvda 1 dona kompyuter, 22 ta telefon, 3 dona SIM-karta va 229 ta bank karta ashyoviy dalil sifatida olingan.

Poytaxt IIBBning Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida kriptoaktiv savdolari bilan noqonuniy shug‘ullanib kelayotgan shaxslar aniqlandi (https://t.me/iibbuz/44933).
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Abror va Boyisxon ismli shaxslar turli saytlar orqali lisenziyaga ega bo‘lmay turib, qonunga xilof ravishda kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

Surishtiruv ishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil iyul oyidan bugunga qadar gumonlanuvchilar yashash manzilida qo‘shimcha qurilmalar va maxsus dasturiy vositalar orqali bir akkauntdan foydalanib, kriptoaktivlar savdosini amalga oshirgan. Ularning aylanmasi 793 000 AQSh dollarini tashkil qilgan.

Tezkor qidiruvda bir dona kompyuter jamlanmasi, 22 ta telefon, uch dona SIM-karta va 229 ta bank karta ashyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur holat yuzasidan JKning 278-prim 8-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: Bugun 18:25. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!