Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda 38 yoshli erkak oilaviy poliklinika hududida o‘z joniga qasd qildi

A A A
Toshkentda 38 yoshli erkak oilaviy poliklinika hududida o‘z joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqamishda erkak o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura bu borada aniq.uz'ga ma’lumot berdi.

Manbaga ko‘ra, 2024 yil 2 dekabr kuni Olmazor tumani “Gulsaroy” MFY, Qorasaroy 357-uy, 24-xonadonda yashovchi 28.02.1986 yilda tug‘ilgan S. D. Olmazor tumani, “Islom ota” MFY, Qoraqamish 1/2 dahasida joylashgan 20-sonli oilaviy poliklinikaning orqa tomonida joylashgan bog‘dagi daraxtga arqon bilan bo‘ynidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, ashyoviy dalillar olindi hamda sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: 14:32 02.12.2024. O'qildi: 1886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!