Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda 27 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

A A A
Toshkentda 27 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning barchasi Toshkent shahridan va koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 1 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 31 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Qolgan  20 nafar fuqaro esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ulardan 21 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 682 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 709 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2195 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 16:09 16.05.2020. O'qildi: 2574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!