Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda 23 ta ko‘mib qo‘yilgan giyohvandlik moddalarining joylashuvi va “zakladchik” aniqlandi

A A A
Toshkentda 23 ta ko‘mib qo‘yilgan giyohvandlik moddalarining joylashuvi va “zakladchik” aniqlandi

Toshkent shahri. 2023 yilning 28 iyun kuni soat 17:30 da “Qoradori-2023” tadbirlari davomida, Bektemir tumani Chirchiq bo‘yi ko‘chasida xizmatlarini olib boriyotgan tuman IIO FMB PPX xodimlari tomonidan mazkur hududda bo‘lgan 25 yoshli I.K. o‘zining harakatlari bilan shubha uyg‘otganligi sababli to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilgan vaqtda egnidagi qora rangli shimining chap cho‘ntagidan 1 dona ko‘k rangli yelim skotchga o‘ralgan giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Y.K.dan ushbu moddani kimdan va qayerdan olganligi so‘ralganida, u ushbu giyohvand moddasini geolokasiya asosida ko‘mib qo‘yish uchun olib ketayotganligini va Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Chirchiq bo‘yi, Taraqqiyot, B.Nozim, Parkent yo‘li ko‘chalari, “Iyk-ota”, “Gulbog‘”, “Zabardast” MFYlar hududida o‘ziga notanish bo‘lgan mijozlar uchun jami 23 dona o‘ramdagi giyohvandlik moddalarini ko‘mib chiqqanligini ma’lum qilib, ushbu 23 dona o‘ramdagi moddalar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Toshkent shahar IIBB EKMning sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Y.K.dan olingan modda tarkibida alfa-pirrolidinovalerofenon mavjud bo‘lib, bu modda “alfa-pirrolidinovalerofenon (a-PVP)” deb atalishi va umumiy og‘irligi 22,4 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.K.ganisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5 qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Kiritildi: 20:43 18.07.2023. O'qildi: 1387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!