Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda 18 metrlik ikkita avtobus to‘qnashdi

A A A
Toshkentda 18 metrlik ikkita avtobus to‘qnashdi

Toshkentning Sergeli tumanida King Long rusumli 18 metr uzunlikdagi avtobus xuddi shunday rusumdagi boshqa bir avtobusga borib urildi, oqibatda 4 kishi jarohatlandi.

“Toshshahartransxizmat” axborotiga ko‘ra, 14 iyun kuni soat 16:14 larda 131-yo‘nalishdagi avtobus Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodani o‘tkazish uchun to‘xtagan vaqtda, orqadan oraliq masofa saqlamay harakatlanib kelayotgan 58-yo‘nalish avtobusi kelib urilgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobus haydovchisi, chiptachisi va 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. Avtobuslar texnik shikastlangan.

Kompaniyada holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, holatni YHXB ham o‘rganmoqda.

Kiritildi: 23:52 14.06.2024. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!