Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda 17 yoshli o‘quvchi qiz jinoyat sodir etdi

Toshkentda 17 yoshli o‘quvchi qiz jinoyat sodir etdi

Joriy yilning 25 aprel kuni olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida noma’lum shaxs tomonidan internet tarmog‘ida o‘zganing mulkini aldash, ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida “Telegram” messendjeri orqali kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanib keluvchi turli guruh administratorlari bilan yozishmalar sodir etib, plastik kartalaridan pullarini yechib olayotganlik holati aniqlandi.

Buyumlarni sotib olaman deb odamlarning ishonchiga kirgan ushbu noma’lum shaxs “Telegram” messendjerida fuqaro A.S. tegishli bo‘lgan kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhida, noma’lum profil egasi tomonidan “Qarshiga dostavka bormi, agarda bor bo‘lsa klik orqali pul o‘tkazib beraman, “click” tizimiga ulangan telefon raqamingizni ayting, telefoningizga kod borishi kerak, ushbu kodni aytsangiz pulingiz tushadi” degan ma’nodagi yozishmalarni amalga oshirish orqali noma’lum shaxs tomonidan 2021 yil 19 mart kuni soat 20:42 larda 2.419.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini ruxsatsiz yechib oladi.

Olingan tezkor ma’lumotlar natijasida, 2021 yil 25 aprel kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Toshkent viloyatida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan 17 yoshli 10-sinf maktab o‘quvchisi X.D. sodir etganligi aniqlanib, unga tegishli bo‘lgan bir dona “Xiaomi Redmi Note 8 Pro” markali telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro X.D.  Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:33 13.05.2021. O'qildi: 3747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!