Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar Cartier va Hublot qo‘l soatlarini yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar Cartier va Hublot qo‘l soatlarini yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘ldi

“Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan qiymati qariyb 250 mln. so‘mlik qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan ishlangan qo‘l soatlari va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Qayd etilishicha, Pekindan qaytgan yo‘lovchi qiymati 145 mln. so‘mlik, Dubaydan qaytgan yo‘lovchi esa 60 mln. so‘mlik qimmatbaho soatni “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Har ikkala holatda ham soatlar jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan.

Shuningdek, “Istanbul-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan yo‘lovchi esa ruxsat etilgan 65 gr. og‘irlikdagi zargarlik buyumlaridan tashqari yana 40 gr. tilla taqinchoqlarni olib kirishga uringan vaqtida fosh qilindi.

Qiymati 50 mln so‘mlik ushbu zargarlik buyumlari shaxsiy ko‘rik davomida yo‘lovchining cho‘ntagida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslarga shaxsiy ehtiyoj uchun 65 gr.gacha og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo, bu tovarlarni bojsiz olib kirishning umumiy me’yorlari doirasida bo‘lishi kerak.
Kiritildi: 01:51 14.11.2024. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!