Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun imkoniyatlar yaratilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun imkoniyatlar yaratilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlarni o‘rnatish boshlandi. Bu haqda “UZBEKISTAN AIRPORTS” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt aeroportining uchib kelish va uchib ketish zallari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun qulay muhitni tashkil etish uchun tiflotexnik vositalar, barcha toifadagi nogironlar foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot vositalari (Brayl alifbosi, audioyozuvlar, ko‘rish va eshitish qobiliyati zaiflar uchun maxsus vositalar, surdo-tarjimon, maxsus videolar uchun ekran), taktil piktogrammalar va indikatorlar, tovush va taktil mimik diagrammalar, shuningdek, yordam chaqirish tugmalari bilan jihozlanmoqda.

Taktil yer belgilari passiv texnik signalizasiya vositalari bo‘lib, xavfsiz yo‘nalishlarni, ularning boshlang‘ich nuqtalarini va yo‘nalishning o‘zgarishini ko‘rsatish, shuningdek, ko‘rish qobiliyati zaif odamlarni terminallar va uning atrofidagi yo‘nalishlardagi to‘siqlar va xavfli joylar haqida ogohlantirish uchun qo‘llaniladi. Aeroport terminallariga kirish joylarida yordam chaqirish tugmalari ham o‘rnatiladi – imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar yoki qo‘shimcha yordamga muhtojlar yo‘lovchilarga kerakli yordamni ko‘rsatish uchun zarur jihozlar (nogironlar aravachasi, zambil va boshqalar) bilan qurollangan aeroport xodimlarini chaqirishlari mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 11:05 06.10.2024. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!