"Toshkent Xalqaro AYEroporti" bojxonachilari tomonidan Myunxenga parvozga otlangan fuqaroda tilla piyola borligi aniqlandi.
“Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro AYEroporti" chegara bojxona posti xodimlari yana bir bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yishdi.
Xususan, Toshkentdan Myunxen shahriga uchib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yo‘l yuklari orasiga qiymati 135 mln 200 ming so‘mlik, taxminiy og‘irligi esa 104 grammni tashkil etuvchi 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan 750 probali 1 dona piyolani yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.