Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkent-Volgograd poyezdida o‘zbekistonlik nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritildi

Toshkent-Volgograd poyezdida o‘zbekistonlik nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritildi

“Toshkent-Volgograd” yo‘nalishidagi poyezdda jasadi topilgan O‘zbekiston fuqarosining vafotiga uning yurak xuruji sabab bo‘lgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabarida qayd etilishicha, 5 sentyabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yo‘lga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 52 yoshli A.G ismli yo‘lovchi safar davomida o‘zini yomon his qilgan va tobi qochgan. Vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poyezd “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktiga yetib kelganda yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan va vafot etgan.

Vagon kuzatuvchilari hamda yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda yo‘l davomida hech qanday zo‘ravonlik, yoki qasddan zarar yetkazish holatlari kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poyezddan vafot etgan yo‘lovchi topilgani xabar qilingan edi. Jasad “Toshkent-Volgograd” yo‘nalishidagi 323-sonli poyezdning vagonlaridan birida bo‘lgan va u O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan.

 

Kiritildi: 11:41 12.09.2019. O'qildi: 2797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!