Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda tungi nazorat tadbirlari o‘tkazildi

Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda tungi nazorat tadbirlari o‘tkazildi

8 fevral kuni tungi vaqtda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Milliy gvardiya va IIV xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi 39 ta issiqxonada ekologik nazorat tadbirlari olib borildi.

Tadbir davomida Toshkent tumanida 13 ta, Qibray tumanida 10 ta, Zangiota tumanida esa 16 ta issiqxona faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim issiqxonalarda isitish maqsadida atmosfera havosini ifloslantiruvchi vositalar, xususan, rezina shinalardan foydalanilayotgani aniqlandi. Natijada Toshkent tumanida 1 ta, Qibrayda 5 ta, Zangiotada esa 2 issiqxonaga nisbatan jarima qo‘llanildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Kiritildi: 21:50 09.02.2025. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!