Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida o‘qituvchi maktab bolasini kaltakladi

A A A
Toshkent viloyatida o‘qituvchi maktab bolasini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak maktab xonasida o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video paydo bo‘ldi. Vaziyat bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova nazoratiga olindi.

Videoda o‘qituvchi bolani stolga yiqitgani va tepib, kaltaklaganini ko‘rish mumkin. Boshqa bir katta yoshli erkak holatga aralashgan, lekin o‘qituvchi yana o‘quvchiga hujum qilganda uni to‘xtatmagan.

Ombudsman xabariga ko‘ra, voqea 9 oktyabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 6-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Informatika fani o‘qituvchisi, 34 yoshli M.A. 15 yoshli 9-sinf o‘quvchisi Q.S.ni mavzu bo‘yicha qo‘shimcha dars vaqtida go‘yoki chalg‘itgani uchun haqorat qilib, kaltaklagan.

Holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. O‘smirning jarohati darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Kiritildi: 10:16 29.11.2024. O'qildi: 1220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!