Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatida sodir etilgan jinoyat fosh qilindi

Toshkent viloyatida sodir etilgan jinoyat fosh qilindi

Shu yil 20 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi K.I. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda shu yil 4 maydan 18 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib, eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, xonasidan 700 AQSh dollari va umumiy qiymati 3 mln. 400 ming so‘m bo‘lgan 4 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahrida yashovchi B.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Kiritildi: 23:17 12.11.2018. O'qildi: 1145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!