Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida qurollangan uch bosqinchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida qurollangan uch bosqinchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida shu yil 16 martga o‘tar kechasi 3 nafar noma’lum shaxs yuziga niqob kiyib, temir bo‘lagi va pichoq bilan qurollangan holda Navoiy mahallasida yashovchi F.A.ning uyiga bostirib kiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ular F.A.ning birga yashovchi o‘g‘li B.A.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uning yuziga urib, tan jarohati yetkazib, uyidan 4 300 000 so‘m puli va aksessuarlarini olib voqea joyidan yashiringanlar. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy mahallasida yashovchi Z.S., O‘rtachirchiq tumani Galabotir mahallasida yashovchi S.J. va Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi M.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:27 18.03.2019. O'qildi: 1589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!