Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent viloyatida qancha kambag‘al oila borligi ma’lum qilindi

A A A
Toshkent viloyatida qancha kambag‘al oila borligi ma’lum qilindi

Joriy yil boshida Toshkent viloyatida jami aholining 10,2 foizini kambag‘al oilalar tashkil etgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent viloyatida “Kambag‘allikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilgan ishlar muhokama qilingan. Unda aytilishicha, viloyatda aholining 10,2 foizini kambag‘al oilalar tashkil etgan bo‘lsa, yil yakunida 7 foizga tushishi kutilmoqda.

Bugun hududda 63 ming 9 ta kambag‘allik darajasidagi oilalar mavjud. Endilikda, viloyatda rahbarlar haftaning juma kunida o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oilalarda bo‘lib, ular bilan suhbatlashadi, berilgan imtiyoz va imkoniyatlarni tushuntiradi, — deyiladi agentlik axborotida.

Kiritildi: 09:31 12.10.2024. O'qildi: 1416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!