⚡️Bugungi kunda dunyo miqyosida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi transmilliy jinoyatchilikning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Shu bois, mamlakatimizda bu turdagi jinoyatlarga barham berish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
➡️Jumladan, oldindan kuzatuvga olingan Samarqand shahrida yashovchi, 2001 va 2002 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs muqaddam qo‘shni respublikadan kontrabanda qilingan 5 kg 160 gr “opiy” moddasini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan olib ketayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.