Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

Xitoy rahbari Tramp bilan uchrashuv natijalarini e’lon qildi

Xitoy rahbari Tramp bilan uchrashuv natijalarini e’lon qildi

XXR rahbari Si Szinpin Xitoy va AQSh savdo-iqtisodiy munosabatlarda barqarorlikni saqlab qolishga kelishib olganini ma’lum qildi.

Bu haqda u Pekindagi "Chjunnanxay" hukumat qarorgohida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

"Biz birgalikda Xitoy va AQSh o‘rtasidagi konstruktiv hamda strategik jihatdan barqaror munosabatlarning yangi o‘rnini belgilab oldik, savdo-iqtisodiy aloqalar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha muhim konsensusga erishdik", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Sinxua" agentligi.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar turli sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro xavotirlarni tegishli tartibda hal etish masalasida kelishib oldilar. Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha aloqalarni hamda muvofiqlashtiruvni kuchaytirishga kelishildi.

Kiritildi: Bugun 11:33. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!