Finlyandiyada topilgan oltin konlari dastlab taxmin qilinganidan kattaroq ekanligi isbotlandi.
Bu haqda Finlyandiyaning Yle telekanali xabar berdi.
Endomines konchilik kompaniyasi Shimoliy Kareliya mintaqasidagi Ukkolanvaara tog‘ jinslari massivida qishki burg‘ulash ishlari davomida to‘rtta yangi oltinli zonani kashf etgani qayd etildi.
Endomines bosh direktori Kari Vixtinenning so‘zlariga ko‘ra, istiqbolli zonalar ilgari ma’lum bo‘lgan konlardan taxminan 5,8 kilometr janubda joylashgan. Uning ta’kidlashicha, kashfiyotlar hududda katta oltin tizimining mavjudligini ko‘rsatadi.
"Natijalar Ukkolanvaaradagi Ukko konining yuqori oltin salohiyatini tasdiqlaydi. Bitta burg‘ulash qudug‘ida uchta shunday yuqori sifatli oltinli zonalar biz ilgari hech qachon ko‘rmagan narsa", deb ta’kidladi Vixtinen.