Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatida fotoradar o‘rnatilgan Cobalt YTHga uchradi

Toshkent viloyatida fotoradar o‘rnatilgan Cobalt YTHga uchradi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatida fotoradar o‘rnatilgan avtomobil YTHga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB ma’lumot berdi.

Kecha, 3 iyul kuni soat taxminan 17:30 larda Olmaliq shahri hududidan o‘tgan yo‘lda haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan SH.I. (Rossiya fuqarosi) Lacetti'da oraliq masofani saqlamasdan, o‘zidan oldindagi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtagan haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan YU.N. (IIO xodimi) Cobalt'ning (fotoradar o‘rnatilgan) orqa qismiga kelib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:56 04.07.2024. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!