Joriy yilning 08-avgust kuni soat 18:50 Toshkent viloyati IIBB 102 xizmatiga Olmaliq shahari “Ehtirom” ko‘chasida janjal bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Shu zahoti shahar IIB Tezkor tergov guruhi hodisa joyga yetib borganlar. Aniqlanishicha, Jizzax viloyatida yashovchi 48 yoshli fuqaro Oybek, Olmaliq shahriga ishlash maqsadida kelgan. (Ismlar o‘zgartirilgan)
U shahar hududida bundan 13 yil avval ajrashgan, hozirda Olmaliq shahrida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i Ziyodani, ikkinchi turmushi 57 yoshli Abror bilan birga ko‘rib qolib, rashk ortidan janjallashgan va pichoq olib, Abrorning qorin qismiga urib tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda fuqaro 1966-y.t Abror, olgan jarohatlari bilan Olmaliq shahar markaziy shifoxonasida vafot etgan.
Oybek IIB xodimlari tomonidan prosessual tartibda ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.