Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Chirchiq shahrida 32 yoshli erkak dorixonaga pichoq bilan bostirib kirib, sotuvchini qo‘rqitgan va kassadan 700 ming so‘mni olib qochgan.
Ayblanuvchi qarzlarini to‘lash uchun mast holda jinoyat sodir etganini sudda to‘liq tan olgan.
Sud unga 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.