Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyati hududi chegarasi o‘zgarishi mumkin

Toshkent viloyati hududi chegarasi o‘zgarishi mumkin

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilindi.

Qaror loyihasida viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqga keltirish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar taklif qilinmoqda:

🔹Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston Boyovut tumanlari va Shirin sh) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;

🔹Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlari va Bekobod sh) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga o‘tkazilishi; (O‘rtadagi farq 36,8 ga)

🔹Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;

🔹Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga o‘tkazilishi. (O‘rtadagi farq 12,5 ga)

Mazkur qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Kiritildi: 12:10 06.09.2024. O'qildi: 1883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!