Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent va Mumbay o‘rtasidagi havo qatnovi qayta tiklanmoqda

Toshkent va Mumbay o‘rtasidagi havo qatnovi qayta tiklanmoqda

Hindistonning Maharashtra shtatida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan aprel oyida Toshkent–Mumbay–Toshkent havo qatnovi qayta tiklanayotgani hamda mamlakat jozibador turizm yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yirik taqdimot marosimi o‘tkazildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, marosimda Maharashtra shtati, jumladan, uning ma’muriy markazi - Mumbay shahrida faoliyat yuritadigan 100 ga yaqin yetakchi turistik tashkilot va agentliklar rahbarlari va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Taqdimotda Uzbekistan Airways aviakompaniyasining xorijiy davlatlar, jumladan, Hindistonga parvoz geografiyasi kengayib borayotgani, aprel oyida Mumbayga aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yilgach, hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga sakkiz martaga yetishi ta’kidlandi. Mamlakat milliy aviatashuvchisi Hindistonga reyslar sonini muntazam tarzda ko‘paytirib borishni rejalashtirayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Toshkent va Mumbay shaharlari havo yo‘li orqali bog‘lanayotgani qariyb 120 million aholi yashaydigan Maharashtra shtati va unga qo‘shni hududlar aholisi uchun turizmning yangi yo‘nalishlari, jumladan, tog‘-chang‘i, ziyorat, ekologik turlarini o‘zlashtirish, nikoh marosimlarini o‘tkazish, kino ijodkorlari tomonidan filmlar suratga olishda yangi lokasiyalar kashf qilish uchun qulay imkoniyatlar taqdim etadi.

Kiritildi: 10:43 29.02.2024. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!