Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent va Moskva O‘zbekistonda «Sputnik V»ni ishlab chiqarishga kelishib oldi

Toshkent va Moskva O‘zbekistonda «Sputnik V»ni ishlab chiqarishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Rossiya koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.

Murashko tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidentining topshiriqlari doirasida «Sputnik V» ishlab chiqarilishini O‘zbekistonda mahalliylashtirishga kelishib oldik», deb ma’lum qilgan Murashko uchrashuv natijalariga ko‘ra.

Rossiyalik vazir O‘zbekiston Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish uchun maydoncha tanlaganini, loyiha ustida ishlar olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

O‘zbekiston 23 aprelda «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasini, 27 aprelda esa yana bir partiyasini olgan edi.

O‘zbekistonda 1 apreldan aholini koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:35 29.05.2021. O'qildi: 1913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!