Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.E.” MCHJ rahbari N.I. MCHJga qarashli issiqxonani markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulab, 267,9 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.