Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent shahridagi maktablarda ta’til uzaytirilishi mumkin

A A A
Toshkent shahridagi maktablarda ta’til uzaytirilishi mumkin

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov Kun.uz`ga bergan intervyusida xabar bermoqda.

«Kasallanganlar orasida bolalar ulushi ortyapti. O‘tgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 25 foizdan ortib ketdi», — dedi u.

Shu sababli Toshkent shahrining ba’zi tumanlaridagi maktablar ta’limi onlayn tartibiga o‘tkazilgan. 

«Hozir ta’til davom etyapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqalish zanjirini uzishga muvaffaq bo‘lishni rejalashtiryapmiz. Mabodo vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, ta’tillar muddatini uzaytirish masalasini o‘ylab ko‘ramiz», — deya ta’kidladi Nurmat Otabekov.

Kiritildi: 19:05 24.03.2021. O'qildi: 2429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!