Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent shahrida jamoat transportlari narxlarining bu tarzda oshirilishi to‘g‘rimi?

Toshkent shahrida jamoat transportlari narxlarining bu tarzda oshirilishi to‘g‘rimi?

Ma’lumki, avgust oyi mamlakatimizda iste’molchilar qatlami uchun yoqimli bo‘lmagan yangiliklarga boy bo‘ldi. Oy boshida bozorlarda iste’mol tovarlari narxlari o‘sgan bo‘lsa, 15 avgustdan boshlab gaz, elektr energiyasi hamda suv narxlarining oshishi jarayonning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Elektr energiyasi, gaz hamda suvning narxi ayni sanada oshishi to‘g‘risida ancha oldin e’lon berilgani sabab ko‘pchilik bu holatga tayyor edi. Ammo, poytaxtda yuz bergan yana bir "qimmatlashish" holati borki, bu ko‘pchilikni hayron qoldirmoqda. Gap poytaxtimizda faoliyat yurituvchi jamoat transportlariga tegishli.

15 avgustdan buyon jamoat transportlaridan foydalanayotgan yurtdoshlarimiz ushbu xizmat uchun konduktorga odatiy miqdorda pul uzatib mulzam bo‘lmoqda. Poytaxtda yo‘l haqi uchun to‘lovlar miqdori oshdi! 

Toshkent shahrida jamoat transportlari uchun to‘lovlar oxirgi marta 2016 yilda oshirilgan bo‘lib, narx o‘sishi o‘sha paytdagi to‘lovning 50 foizini tashkil etgan. Balki shu sabab, 3 yildan buyon jamoat transportlari to‘lov o‘zgarmay kelayotgan edi. Avgust oyining o‘rtasiga kelib esa bunga chek qo‘yildi.

Bizni taajjubga solgani, ushbu hodisaning oldindan e’lon qilinmay to‘satdan amalga oshirilgani bo‘ldi. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Toshshahartransxizmat aksiyadorlik kompaniyasiga murojaat qildik. 

Kompaniya matbuot xizmati tuzilmadagi narx siyosati O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan boshqarilishini ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, Trasport vazirligi tomonidan tavsiya etilgan narx qiymati Moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi.

Ko‘rib turganingizday, shuncha tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan "narx siyosati"da eng so‘nggi va asosiy bosqich, ommaga e’lon qilish masalasi yoddan chiqarilgan. Bu esa yo‘lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Axir, odatda bunday ishlar avvalo oy boshida amalga oshirilar edi. Qachondan va qancha miqdorda oshirilishi haqida esa bir necha kun oldin rasmiy manbalar orqali xabar topar edik. 

Oyning o‘rtasida yo‘l haqining oshirilishi va bu haqda yo‘lovchilarning transport vositasiga chiqibgina xabar topishi iste’molchilar uchun kamida hurmatsizlik. 

Ushbu hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining javobini kutib qolamiz.

Kiritildi: 12:29 16.08.2019. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!