Shahar hokimligining ma’lum qilishicha, mavsum Gidrometeorologiya xizmati agentligidan tavsiya olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi.
“Isitish mavsumining boshlanishi jiddiy jarayon bo‘lib, biz bunga bor mas’uliyatimiz bilan yondashamiz.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyuldagi «Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
Toshkent shahri aholisidan vaziyatga to‘g‘ri baho berib, sabr qilishlarini so‘raymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.