Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

A A A
Toshkent shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar M.O., P.G‘. va A.YU. “K.” MCHJ do‘konida fuqaro S.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi 249 dona elektron tamaki mahsulotini 56,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, savdo do‘konidan yana 50 dona elektron tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:08 17.11.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!