Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahrida 1 mlrd so‘mlik yaroqsiz holatdagi tibbiy buyumlarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida 1 mlrd so‘mlik yaroqsiz holatdagi tibbiy buyumlarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.M.” MCHJ rahbari A.A. hamda fuqarolar X.SH. va I.R. fuqaro B.G.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 574 560 dona yaroqsiz holatdagi “Sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 55 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ushbu tibbiy buyumlarning umumiy bahosi 1 mlrd so‘mni tashkil etishi hamda qo‘llanishga yaroqsiz ekanligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:33 06.05.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!