Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahri O‘zbekiston poytaxti bo‘lganiga 93 yil to‘ldi

Toshkent shahri O‘zbekiston poytaxti bo‘lganiga 93 yil to‘ldi

Toshkent shahri poytaxt maqomiga ega bo‘lganiga 93 yil bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

1930-yilning 17-avgust kuni O‘zSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasining 155-sonli qarori bilan O‘zbekiston poytaxti Samarqand shahridan Toshkentga ko‘chirildi.

O‘tgan 93 yil davomida Toshkentda keng ko‘lamli islohotlar ro‘y berib, ular me’moriy-infratuzilmaviy o‘zgarishlar bilan cheklanib qolmadi.

Xususan, maydoni esa qariyib 2 barobadan ziyodga ortib 44 ming gektarga yetdi, aholisi esa qariyib 350 ming kishidan 3 mlnga yetdi.

Bugungi kunda Toshkent nafaqat mamlakatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi, poytaxti, balki Markaziy Osiyodagi eng yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan yirik shahardir.

Shu yillar davomida poytaxtimiz tinchlik shahri, do‘stlik shahri, non shahri, Islom madaniyati poytaxti degan yuksak e’tiroflarga erishdi. 2200 yillik shonli tarixini nishonlandi.

Ayni paytda Toshkentda 212 ta yirik sanoat korxonalari, 8150 ta qo‘shma korxonalar, 11 242 ta kichik sanoat korxonalari hamda 82 951 ta kichik biznes subektlari faoliyat yuritmoqda. Poytaxtimizning sanoatining respublikadagi ulushi 54,7 foiz, xizmatlar sohasidagi ulushi esa 40,3 foizni tashkil etmoqda. Bugungacha o‘zlashtirilgan xorijiy investisiya va kredit mablag‘lari 385,4 mln dollar bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya 270,5 mln dollarni tashkil etmoqda.

Kelajakka ham maqsadlarimiz katta. Xususan, 2030-yilga qadar poytaxtimizni rivojlantirish borasida belgilangan ustivor vazifalar ijrosi natijasida yalpi hududiy mahsulotni hozirgi 178,9 trln so‘mdan 500 trln so‘mga yetkazish, tovar va xizmatlar eksportini 4000 mln AQSh dollaridan 7 500 mln AQSh dollargacha oshirish, barcha sohalarni hamda shahar infratuzilmasini tubdan yangilash va rivojlantirish orqali aholi turmush sifati hamda farovonligini bir necha barobarga yuksaltirish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 22:02 19.08.2023. O'qildi: 5767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!