Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining katta inspektori hamkasbiga pora bergan vaqtida ushlandi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining katta inspektori hamkasbiga pora bergan vaqtida ushlandi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yong‘inga qarshi profilaktikasi katta inspektori Yunusobod tumanida yangi qurilgan noturar binoga o‘rnatilgan yong‘in xavfsizlik tizimlarini qabul qilishda va binoning foydalanishga topshirilishi bo‘yicha ijobiy xulosa berilishida vakolatli hamkasbi orqali ko‘maklashish evaziga 12 ming AQSh dollari talab qilib, avvalroq 3 ming AQSh dollari oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 2900 AQSh dollarini o‘zining hamkasbiga bergan vaqtida ushlandi.

Hozirda katta inspektorga nisbatan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, garov ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 10:59 06.07.2024. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!