Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 19 iyun sanasidan boshlab 54/53-sonli “Toshkent — Qo‘ng‘irot — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi. Poyezdlar amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
19-iyun sanasidan boshlab haftaning har dushanba kuni 54-sonli “Toshkent — Qo‘ng‘irot” yo‘nalishi:
Toshkent 14:00 — Qo‘ng‘irot 9:26
20-iyun sanasidan boshlab haftaning har seshanba kuni 53-sonli “Qo‘ng‘irot — Toshkent” yo‘nalishi:
Qo‘ng‘irot 11:04 — Toshkent 6:07
IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz