Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent metrosining ikki bekatida harakat to‘xtatildi

Toshkent metrosining ikki bekatida harakat to‘xtatildi

Toshkent metrosining ikki bekati oralig‘idagi harakat vaqtincha to‘xtatildi.

2025 yil 8 iyundan Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘nalishidagi "Quruvchilar" va "Qipchoq" bekatlari oralig‘idagi metro harakati profilaktika ishlari sababli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, ushbu oraliqda 1M sonli avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Yo‘nalish faoliyati soat 5:00 dan 23:00 gacha belgilangan bo‘lib, ushbu avtobus yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Yo‘lovchilarni avtobuslarga chiqish va tushirish faqat metro stansiyalarida amalga oshiriladi. Poyezd harakati qachon tiklanishi haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 16:12 08.06.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!