Metropolitenning 7-bekati (Qo‘yliq) 11 martdan 18 martgacha yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.
Bunga Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanayotgani sabab bo‘lgan.
Yo‘lovchilar uchun esa 6- va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.