Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent metrosida yana nosozlik yuzaga keldi

Toshkent metrosida yana nosozlik yuzaga keldi

Kecha tunda Toshkent metrosida yana nosozlik yuzaga keldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

"Toshkent metropoliteni" UKning izoh berishicha, kecha, soat 22:10da Chilonzor yo‘nalishining Olmazor bekatidan Bekat 1 tomon harakatni boshlagan harakat tarkibi mashinisti tomonidan poyezdda nosozlik aniqlangan. Yo‘lovchilarni hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar Olmazor bekatida tushirilgan. Nosozlikni aniqlash maqsadida harakat tarkibidagi poyezd elektrodepoga jo‘natilgan.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzur so‘raymiz", - deyiladi rasmiy izohda.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi vaqtlarda Toshkent shahar yo‘lovchilari metropoliten xizmatlaridagi qator muammolar guvohiga aylanishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni bilan bog‘liq kamchiliklar haqida ko‘p marotaba yozib kelishmoqda.

Kiritildi: 08:50 21.06.2021. O'qildi: 1671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!