Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkent metropolitenida bir oyda qancha elektr energiyasi sarflanadi?

Toshkent metropolitenida bir oyda qancha elektr energiyasi sarflanadi?

Transport vazirligi va AOKA hamkorligida 7 may, juma kuni jurnalistlar uchun yangi metropoliten bekatlari hamda qurilayotgan yerusti halqa metro yo‘nalishining 2-bosqichi bo‘ylab press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovga intervyu bergan Toshkent metropoliteni rahbari Oybek Xudoyqulov tizimda bir oyda qancha elektr energiyasi sarflanishi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Metroning barcha stansiyalari uchun sarflanadigan bir oylik elektr energiya miqdori 6—6,5 ming kilovaat soatni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich avval, ya’ni yangi stansiyalar qurilmasidan oldin 4,5—4,7 ming kilovaat soatni tashkil etardi. Bugungi kunda ishlatilayotgan energiyani mablag‘da hisoblaydigan bo‘lsak, oyiga 3,3 milliard so‘mga to‘g‘ri kelyapti. Yiliga esa 35-36 milliard so‘mni rejalashtirganmiz», — dedi Xudoyqulov.

Uning ta’kidlashicha, liniya va bekatlarda qo‘shimcha daromad olish maqsadida info kiosklar, reklamalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, qaysidir imoratlar ijaraga berilyapti. «Lekin asosiy qo‘shimcha daromad reklama orqali topiladi», — dedi Oybek Xudoyqulov.

Kiritildi: 14:40 08.05.2021. O'qildi: 2299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!