Yo‘lovchilarni tashish maqsadida 2023 yilning 1 iyun sanasidan haftaning har payshanba kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati.
Poyezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:
60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi
Toshkent 07:55 — Andijon 13:56
59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi
Andijon 15:55 — Toshkent 21:45