Bugun yangi va chinakam noyob kofe burchagi — Robo Coffee ish boshladi. Bu nafaqat aeroportda, balki butun O‘zbekistonda birinchi robotlashtirilgan kofe burchagidir.
Robot-barista tanlangan qahvaga qarab bir yarim daqiqadan uch daqiqagacha ichimlik tayyorlaydi. Menyuda klassik va o‘ziga xos variantlarni o‘z ichiga olgan 20 ga yaqin ichimlik turlari mavjud. Siz hatto maxsus dizaynli ichimlik — suratingiz tushirilgan qahva buyurtma qilishingiz mumkin.
To‘lov naqd pulda, bank kartasi va to‘lov tizimlari orqali qabul qilinadi. Uskunalar Xitoyda ishlab chiqarilgan. Robo Coffee — bu aeroport yo‘lovchilari uchun zamonaviy, tezkor va noyob qahva tajribasi.