Poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga keldi. Shu tufayli, Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar yeuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda elektr ta’minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.
5-6 soat oralig‘ida quvurlar to‘lib bo‘lgach, odatiy ish rejimiga tushadi.
Bo‘zsuv inshootidan Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor tumanlariga va Chilonzor tumanining bir qismiga 3 soat ichida suv berish tiklanadi.
Toshkent 6 soat ichida to‘liq suv bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi