Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

TORCh infeksiyasi homila uchun qanday xavf tug‘diradi?

TORCh infeksiyasi homila uchun qanday xavf tug‘diradi?

✅ TORCh (toxoplasma, others, rubella, cytomegalovirus, herpes virus) - homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qancha havfli infeksiyalar guruhi bo‘lib, kasalliklarning bosh harflaridan olingan qisqartma so‘zdir. Ya’ni gerpes, sitomegalavirus, rubella (qizilcha), toksoplazma va boshqalar.

🔻Kasallik asosan toksoplazma qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish orqali yuqadi. Bunda asosan mushuklar tashuvchi hisoblanadi. Kasallikning onaga yuqishi va onadan homilaga o‘tishi homila rivojlanishiga jiddiy xavf soladi. Bunda homila asab tizimi, yurak mushaklari va boshqa a’zolarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda birinchi trimestrda homila nobud bo‘lishi kuzatiladi.

🔸Kasallikni oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, go‘sht mahsulotlarni yaxshi pishirib iste’mol qilish, mushuklar va boshqa hayvonlardan ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 22:45 06.11.2021. O'qildi: 6317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!