Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toqayev global rivojlanish uchun yangi paradigmani taklif qildi

Toqayev global rivojlanish uchun yangi paradigmani taklif qildi

Abu-Dabida Barqaror rivojlanish haftaligi sammiti boshlandi, unda birinchi jahon yetakchisi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev so‘zga chiqdi. U asosiy muammolar va tashabbuslarni ta’kidlab, barqaror rivojlanish istiqbollarini taqdim etdi.

"Dunyo bo‘ylab energiya tizimlari issiqxona gazlari chiqindilarining 75 foizini va biologik xilma-xillikning yo‘qolishining 10 foizini tashkil qiladi", dedi Toqayev o‘z nutqida.

Prezident yashil energiya loyihalarini amalga oshirishda Qozog‘istonni xorijiy hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

“Umumxalq referendumida qo‘llab-quvvatlangan birinchi atom elektr stansiyamiz qurilishi mamlakat energetika sohasini barqaror rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi”, — dedi Toqayev.

Prezident Qozog‘istonning Yevroosiyodagi transport xabi sifatidagi strategik rolini belgilab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat yo‘llar, ayeroportlar va dengiz portlariga faol sarmoya kiritmoqda. Shuningdek, u Transkaspiy yo‘lagi va Shimoliy-Janub yo‘nalishini rivojlantirish rejalarini qayd etdi, bu esa Qozog‘istonning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusidagi rolini kuchaytiradi.

Toqayev global isishni Markaziy Osiyo uchun asosiy muammolardan biri deb atadi. U erta ogohlantirish tizimlarini yaratish, irrigasiya tizimlarini modernizasiya qilish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taklif qildi. Prezident tabiiy resurslarni boshqarishda sun’iy intellekt va sun’iy yo‘ldosh monitoringidan foydalanish muhimligini ham ta’kidladi.

Prezident Toqayev yashil moliyaning mavjudligi, texnologiya va tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, iqlim, iqtisodiy va texnologik ustuvorliklar sinergiyasiga asoslangan global rivojlanishning yangi paradigmasini taklif qildi. Uning fikricha, bu yondashuvlar global muammolarni samarali hal etishning yaxlit tizimini shakllantirish imkonini beradi.

Kiritildi: Bugun 13:53. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!