Tomas Baxga Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ning faxriy prezidenti maqomi tashkilot boshqaruvidagi vakolat muddati tugagach, umrbod beriladi.
Bu qaror Gresiyadagi 144-sessiyada qabul qilindi.
XOQ Ijroiya kengashining taklifi olqishlar bilan qabul qilindi. Tashkilot a’zolari Baxni uzoq qarsaklar bilan kutib olishdi. XOQ prezidentligiga saylov 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi, tashkilotning yangi rahbari Bax o‘rniga 24 iyun kuni saylanadi.
71 yoshli Bax 2013 yilda sakkiz yillik muddatga XOQ prezidenti etib saylangan, 2021 yilda esa to‘rt yillik muddatga qayta saylangan.