Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tolibon amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimidan bo‘shatishni buyurdi

A A A
Tolibon amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimidan bo‘shatishni buyurdi

“Tolibon” harakati yetakchisi Haybatulla Oxundzoda amaldorlar qarindoshlarini davlat lavozimiga ishga olishini taqiqlovchi farmon chiqardi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Oxundzoda barcha amaldorlarga o‘g‘illari va ma’muriyatda ishlayotgan boshqa qarindoshlarini ishdan bo‘shatishni buyurgan.

“Vazirlik, idora va mustaqil idoralarning barcha mansabdor shaxslariga oila a’zolari yoki qarindoshlarini davlat lavozimiga tayinlashiga yo‘l qo‘ymaslik topshirildi”, — deyiladi qarorda.

Oxundzoda farmonida “Tolibon” amaldorlariga bo‘shatilgan lavozimlarni zudlik bilan ularning o‘g‘illari, oila a’zolari yoki qarindoshlari bo‘lmagan shaxslar bilan to‘ldirish buyurilgan.

Kiritildi: 23:06 22.03.2023. O'qildi: 2019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!