AQSh Mudofaa razvedka boshqarmasi direktori general-leytenant Skott Berriyerning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon o‘z va’dasida turib, Al-Qoida kuchayishiga yo‘l qo‘ymadi — unda rahbariyatni tiklashda muammolar bo‘ldi.
Ofiserning so‘zlariga ko‘ra, uni Afg‘onistonda qator teraktlar uyushtirishga muvaffaq bo‘lgan ISHID ko‘proq xavotirga solmoqda. Ammo uning bashorat qilishicha, hatto ISHIDga ham Afg‘onistondan tashqarida teraktlar uyushtirish qobiliyatini tiklash uchun bir yildan ko‘p vaqt kerak, Al-Qoida uchun esa bundan ham ko‘proq.