Hozirda Tolibon jangarilari Afg‘onistonning 65 foizini nazorat qilmoqda. AQSh qo‘shinlarining mamlakatdan olib chiqilishi munosabati bilan Afg‘oniston hukumat kuchlarining imkoniyatlari ancha zaiflashgan.
Al -Jazira telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar Afg‘onistonning 34 viloyatidan sakkiztasining poytaxtlarini bir haftadan kam vaqt ichida egallab olishgan. Birinchi poytaxt Zaranj shahri 6 avgustda bosib olindi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh hukumati o‘tgan yili Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha Tolibon bilan kelishgan edi. Butkul tark etish shu yilning 11 sentyabriga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Amerikaliklar mamlakatda 20 yildan buyon xizmat qilishdi.
AQSh qo‘shinlarini olib chiqish fonida Tolibon hukumat kuchlari pozisiyalariga hujum boshladi. Iyul oyi oxirida harakat Afg‘oniston chegarasining 90 foizini nazorat qilishini da’vo qilgandi.