Bugun Tokioda Yaponiya konstitusiyasining “Tinchlik moddasi” deb nomlanuvchi 9-moddasini himoya qilish maqsadida miting va namoyish bo‘lib o‘tmoqda.
Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda .
1947-yil 3-mayda qabul qilingan urushdan keyingi konstitusiyada Yaponiyaning urushdan voz kechishi belgilab qo‘yilgan va xorijdan hujum sodir bo‘lgan taqdirda faqat mudofaa maqsadida kuch ishlatish mumkinligi ko‘rsatilgan, shuning uchun ham Yaponiya qurolli kuchlari o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari deb ataladi. Biroq ularning mavjudligi va maqomi konstitusiyada qayd etilmagan.
Tashkilotchilarga ko‘ra, mitingda 38 ming kishi qatnashgan.
Hozirgacha yetakchi gazetalar tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hukmron Liberal-demokratik partiya g‘oyani faol ilgari surayotganiga qaramay, yaponlarning aksariyati 9-moddani o‘zgartirishni xohlamaydi.