Yaponiya Ukrainadagi urushda qatnashgan rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni kengaytirdi. Cheklovlar 12 jismoniy va 36 yuridik shaxsni, shu jumladan Tinkoff Bankni o‘z ichiga oldi, ularning Yaponiyadagi aktivlari mart oyi oxirida muzlatiladi.
Sanksiya ro‘yxati «Kalashnikov», «Almaz-Antey», «Uralvagonzavod», «Atomflot» konserni, shuningdek, «Avrora» va «Impuls» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalariga ham qo‘shildi.
Checheniston, Kaluga va Rostov viloyatlaridagi bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsmanlarga, shuningdek, Krasnoyarsk o‘lkasi sobiq gubernatori o‘g‘li Artyom Ussga nisbatan ham sanksiyalar joriy etilgan. Ular bilan moliyaviy va savdo aloqalari taqiqlanadi.