Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tojikistonda xurmodan chips tayyorlash yo‘lga qo‘yildi

A A A
Tojikistonda xurmodan chips tayyorlash yo‘lga qo‘yildi

Tojikistonning Xatlon viloyati Kushoniyon tumanida xurmo mevasidan chips tayyorlash yo‘lga qo‘yildi, deb yozmoqda “Xovar” agentligi viloyat hokimligi apparatidagi axborot-tahlil bo‘limi ma’lumotiga tayanib.

Mamlakat va xorij bozorlarida ilk bor paydo bo‘layotgan xurmo mevasidan tayyorlangan chipslar, o‘zining mazasi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.

Ayni paytda Tojikistonda xurmolarni terib olish mavsumi davom etmoqda. Xurmo o‘z tarkibida A, S va R vitaminlarini saqlaydi. U mikroelementlar, qand, oqsil, limon kislotasi va boshqa biologik faol moddalarga boy. Agar pishgan xurmo salqin joyda saqlansa, 4-5 oy davomida o‘zining mazasini yo‘qotmaydi. Tojikiston zamini va iqlimi xurmo daraxtlari uchun juda qulay, so‘nggi yillarda mamlakatda xurmozorlar maydoni sezilari ravishda kengaydi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:12 21.10.2022. O'qildi: 2552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!