«Real» sobiq murabbiyi Zinedin Zidan kutilmagan taklif oldi. Unga Tojikiston terma jamoasi ustozi lavozimi taklif qilindi. Bu haqda PM Arena portali xabar bermoqda.
Biroq, manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Zidan Tojikistondan kelgan taklifga xushmuomalalik bilan rad javobini bergan. U mahalliy federasiyaga Fransiya terma jamoasi bilan allaqachon kelishuvi borligini ma’lum qilgan.
Avvalroq OAVda Zidan JCH-2026 turniridan so‘ng Fransiya terma jamoasini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.